Bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha kuzatuv o‘tkazildi
15/03/2023
Joriy yilning 15-mart kuni Xiva shahrida Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov va shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi D.Rahimovlar ishtirokida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.
Kuzatuv davomida mutaxassislar aholiga xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan xizmat ko‘rsatish hajmining bir kunlik va o‘rtacha hajm ko‘rsatkichlarini o‘rgandilar.