2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Xorazm viloyatida 2,7 trln. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi. Ulardan 333,7 mlrd. so‘m O’zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar, 2,0 trln. so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar, 377,4 mlrd. so‘m boshqa xorijiy investitsiyalarni tashkil etdi.