2023- yilning 1- mart holatiga viloyatimizda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 foizga oshgani holda 593 taga yetgan.
Ushbu korxonalarning salmoqli qismi – 510 tasi yoki 86,0 foizi tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar soni 2022- yilning 1- martiga nisbatan 11 taga oshgan va hisobot davrida 62 tani tashkil qilgan.
Axborot xizmati