Viloyatimizning barcha hududlarida narx kuzatuvlari o‘tkazilmoqda.
2023- yilning 14- mart kuni navbatdagi 5- narx (bozor) haftalik kuzatuvi Shovot tumanining dehqon bozorida olib borildi.
Kuzatuv jarayonida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev ishtirok etdi.
Narx kuzatuvi jarayonida tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi, narx registratori S.Tangriyevga bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning minimal, maksimal hamda o‘rtacha narx ko‘rsatkichlarini kuzatish va planshetlarga qayd etish davomida narxlarning shaffofligiga asosiy e’tiborni qaratishga doir zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Axborot xizmati