14/03/2023

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari tomonidan hududlarga chiqqan holda,  uy-joylarning  joylashuvini xaritalar asosida aniqlashtirish, xonadonlarning raqamlanish holatini o‘rganish bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda.

Bugun viloyatimizning Urganch va Shovot tumanlarida bo‘lim boshlig‘i A.Jumaniyozov va bosh mutaxassis I.Polvonovalar tomonidan ko‘chalarning nomlanishi, uy-joylarga raqam belgilarining qo‘yilishi yana bir marotaba monitoring qilindi. Shu bilan bir qatorda aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha  mahallalar bilan hamkorlikda qilinishi zarur bo‘lgan ishlar  mas’ullar ishtirokida muhokama etildi.

 

Axborot xizmati