Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov tomonidan shu yilning 13- mart kuni Urganch shahridan iste’mol narxlari indeksi (INI) tanlanma kuzatuvi dislokatsiyasiga tushgan savdo nuqtalarida nooziq-ovqat mahsulotlarining narxlari o‘rganildi.
Shaharda faoliyat ko‘rsatayotgan kanselyariya mollari do‘koni va dorixonada mahsulotlarning narx ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi qiyosiy-tahliliy o‘rganildi va olingan ma’lumotlar planshetlarga qayd etib borildi.
Kuzatuv jarayonida X.Egamov tomonidan Urganch shahar narx registratori Sh.Davletovga narx kuzatuvlarida asosiy e’tibor qaratilishini lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan tavsiya va takliflar berildi.
Axborot xizmati