Xorazm viloyati statistika idoralari mas’ullari tomonidan hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan savdo shahobchalari hamda bozorlarda tovar va mahsulot narxlarining shaffofligi hamda haqqoniyligini o‘rganishga qaratilgan tanlanma kuzatuvlar o‘tkazilishi davom qilmoqda.
Joriy yilning 13- mart kuni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov Gurlan tumanida bo‘lib, bir qator savdo nuqtalaridagi mahsulotlarning narxlarini o‘rgandi.
Kuzatuv davomida nooziq-ovqat mahsulotlari iste’mol narxlarining planshet qurilmalariga bevosita joyida qayd etib borilishi alohida nazoratga olindi. Va bu yuzasidan hududiy narx registratori Q.Urazboyevga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Axborot xizmati