13/03/2023

Ichki savdo ko‘rsatkichlarini shakllantirishda chorva mollari, parrandalar va boshqa hayvonlar bozorida jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan  savdo hajmlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.

Shu boisdan, statistika idoralari tomonidan  har oyda Xorazm viloyatining mavjud 11 ta hududiy chorva bozorlarida kuzatuvlar belgilangan reja-jadval asosida  o‘tkazib kelinmoqda.

2023- yilning 12- mart kuni mazkur kuzatuvlarni Xorazm viloyatini statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov  Yangiariq tumanida, boshqarma boshlig‘ining  birinchi o‘rinbosari X.Egamov Xiva shahrida, o‘rinbosari U.Bardiyev  Xonqa tumanida  o‘tkazishdi. 

Ish jarayonida  12-bozor (chorva) kuzatuvi davomida chorva mollarining  yosh guruhi bo‘yicha sotilish ko‘rsatkichilari o‘rganildi va natijalari planshetlarga o‘z vaqtida qayd etib borildi.

 

 

Axborot xizmati