Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosarining funksional vazifalari
Boshqarma boshlig'i yo’qligi vaqtida boshqarma faoliyatiga vaqtincha rahbarlik qiladi;
boshqarmaning barcha tarmoq, shahar va tuman statistika bo‘limlari tomonidan dasturlar bo‘yicha bajariladigan statistika ishlari hajmlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Davlat dasturlarinig bajarilishi ustidan statistika kuzatuvlarini tashkil etadi;
Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli to‘g‘risidagi statistik ma'lumotlarini tayyorlash, ularni chop etish va bеlgilangan davlat organlariga yuborilishini nazorat qiladi;
boshqarmada tashkil etilgan Komissiya yig‘ilishida davlat statistika ishlari dasturining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, hisobot ko‘rsatgichlarini tеzkorligi, haqqoniyligi va xolisligini ta'minlash masalalari, statistika organlari faoliyatiga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqishi uchun tayyorlaydi;
boshqarmaning barcha tarmoq va hududiy statistika bo‘limlari xalq xo‘jaligidan qo‘shimcha mablag‘ topishini (konsalting xizmatlari) nazoratini yuritadi;
biriktirilgan boshqarmaning tarmoq va shahar, tuman statistika bo‘limlari faoliyatini doimiy nazoratini yuritadi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi, mavjud vakant lavozimlarga xodimlarni tayyorlash va tayinlash bo‘yicha boshqarma boshlig‘iga takliflar kiritadi;
biriktirilgan barcha bo‘limlar faoliyatini hamda ulardagi statistik ma‘lumotlarning ishonchliligi, xolisligi, to‘liqliligi, dolzarbligini nazorat qiladi va ta'minlaydi
biriktirilgan tarmoq ma‘lumotlarini qonuniyligini o‘rganib, tеgishli sohalar dasturlari va boshqa ma'lumotlarni tayyorlashda, muhokama yig‘ilishlarida ishtirok etish va imzolash vakolatlaridan foydalanadi va imzolagan ma‘lumotlarning javobgarligini o‘z zimmasiga oladi;
biriktirilgan shahar, tuman statistika bo‘limlari moliya-xo‘jalik faoliyatlarini nazorat qiladi va ularning qonuniyligini ta'minlash choralarini ko‘radi;
boshqarmada ko‘rilayotgan ma’muriy jarimalarni imzolaydi hamda ularning qonuniyligini va bеlgilangan tartib asosida ijro etilishini ta'minlaydi;
boshqarma boshlig'ining o‘rinbosari: Investitsiya va qurilish statistikasi boʻlimi, Tadbirkorlik subyektlari kuzatuvlari boʻlimi, Sanoat va energetika statistikasi boʻlimi, Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhit statistikasi boʻlimi, Xizmatlar va savdo sohasi statistikasi boʻlimlari faoliyatini nazorat qiladi.



