Viloyatimizda joriy yilning yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 1 589,6 mlrd so‘mni tashkil etib, umumiy hajmning hududlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha bo‘lgan:

2023/2024- o‘quv yili boshiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan umumta’lim tashkilotlarida 33,6 ming nafar o‘qituvchi faoliyat yuritgan.

2024–yilning yanvar–mart oylarida viloyatimizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 215,5 ming tonna sut (2023–yilning yanvar–martiga nisbatan 1,9 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda 3 357,0 mlrd so‘mlik chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 95,2 %ini tashkil qilgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 88,0 %i – dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 5,9 %i – fermer xo‘jaliklariga, 6,1 %i – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimiz bo‘yicha  FHDYO organlarida qayd etilgan nikohdan ajralishlarning hududlar kesimidagi soni:

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 45,4 trln so‘mni tashkil etgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 219,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 375,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida viloyat bo‘yicha norasmiy sektor tomonidan jami qurilish ishlarining 35,5 %iga teng bo‘lgan 431,0 mlrd so‘mlik ishlar bajarilgan bo‘lib, umumiy hajmning hududlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha bo‘lgan:

2020-2024- yillarning  yanvar-mart oylarida Xorazm viloyati chakana savdo tovar aylanmasi va o‘sish sur’atining dinamikasi:

2024- yilning yanvar-mart oyida viloyatimizning import hajmi 99,4 mln AQSH dollarini va 2023- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 75,0 % ni tashkil etdi.

2024- yil yanvar-mart oyida tovarlar va xizmatlar eksportining 90,6 %i asosiy hamkor davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024- yil yanvar-mart oylarida viloyatimiz xorijiy davlatlarga qiymati 33,3 mln AQSH dollarlik sanoat tovarlarini eksport qilgan.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish viloyat bo‘yicha 2024- yil yanvar-mart oylarida 2 633,8 ming so‘mni tashkil qilgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyat sanoatida 61,8 mlrd so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimiz bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 1 589,6 mlrd so‘mni tashkil etib, jami investitsiyalar hajmidagi ulushi 63,8 %ga teng bo‘lgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizning xizmatlar eksporti hajmi 2,3 mln AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 2,5 % ini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 9,7 % ga ko‘paydi.

Viloyatimizda joriy yilning yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra tarkibi (ulushda):