30/04/2024

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 88,0 %i – dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 5,9 %i – fermer xo‘jaliklariga, 6,1 %i – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelgan.

 

Xususan, dehqon xo‘jaliklari tomonidan:

sog‘ib olingan sut -  umumiy hajmning 93,3 %ini

qorako‘l teri – 92,7 %ni

go‘sht (tirik vaznda) – 88,3 %ni

tuxum – 70,1 %ni

qirqib olingan jun – 63,3 %ni tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati