2024-yil 1-yanvar holatiga respublika bo‘yicha  umumfoydalaniladigan temir yoʻllar uzunligi 4 839,7 km ni tashkil etdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasining eksport hajmi qariyb 6,4 mlrd AQSH dollariga yetgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda 276 ta yangi oilaviy korxona tashkil etilgan bo‘lib, iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra tarkibi quyidagicha bo‘lgan:

2024- yil yanvar-mart oyi holatiga koʻra, viloyatimizning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi  66,7 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizdagi sanoat korxonalari tomonidan  688,5 mlrd so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Xorazm viloyatida joriy yilning yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2 489,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan va ushbu hajm hududlar kesimida quyidagicha o‘zlashtirilgan:

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatda markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan    2 346,4  mlrd so‘m yoki jami investitsiyalarning 94,3 %i o‘zlashtirildi.

Viloyatimizda 2024- yilning yanvar-mart oylarida FHDYO organlarida qayd etilgan nikohlar soni 5 038 tani tashkil etdi.

2024- yil yanvar-mart oylarida viloyat bo‘yicha doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar jami soni 2 707 kishini tashkil etdi.

2024- yilning 1- aprel holatiga viloyatimizda xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 18 237 tani tashkil etib, jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar sonida 70,1 % ulushga ega bo‘lgan.

2023-yilda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinfini 23,9 ming o‘quvchi bitkazgan bo‘lib, 2022- yil yakuniga nisbatan ularning soni 0,3 ming nafarga oshgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda  aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi 195,4 mlrd so‘mni tashkil etib, umumiy hajmning hududlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha bo‘lgan:

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,8 %ga oshgan.

Viloyatimizda 2024-  yilning yanvar-mart oylarida 954,7 mlrd so‘mlik yangi qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, korxona turlari bo‘yicha tarkibida:

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi umumiy YAHMning 97,3 % ini, mahsulotlarga sof soliqlar esa 2,7 % ini tashkil etdi.

2024- yil yanvar - mart oylarida viloyat bo‘yicha avtomobil transportida 107,5 mln yo‘lovchi tashilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich  o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,7 %ga oshgan.

2024- yilning 3 oyida viloyatimizda amalga oshirilgan qurilishlarning 50,6 %i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, ular tomonidan hisobot davrida 615,2 mlrd so‘mlik turli xil obyektlar qurilishi ishlari bajarilgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar (AQSH dollarida):