30/04/2024

2023/2024- o‘quv yili boshiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan umumta’lim tashkilotlarida 33,6 ming nafar o‘qituvchi faoliyat yuritgan.

Bu ko‘rsatkich 2019/2020- o‘quv yiliga nisbatan 10,5 %ga yoki 3,2 ming nafarga oshgan.

 

O‘quv yillari kesimida o‘qituvchilar sonining o‘zgarish dinamikasi:

2019/2020- o‘quv yilida – 30,4 ming

2020/2021- o‘quv yilida – 31,6 ming

2021/2022- o‘quv yilida – 32,2 ming

2022/2023- o‘quv yilida – 32,5 ming

2023/2024- o‘quv yilida – 33,6 ming.

 

Axborot xizmati