Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida viloyatimiz bo‘yicha qayd etilgan tug‘ilishlar soni 9 628 tani tashkil qilgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda qurilish sohasida 509,7 mlrd so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 22,1 %ga yuqoridir.

2024- yilning yanvar-mart oylarida barcha transport turlari tomonidan viloyatimizda 9,0 mln tonna yuk tashilgan bo‘lib,  bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,3  %ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda qurilish ishlariga 34,3 mlrd so‘mlik asosiy kapitalga investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich investitsiyalar umumiy hajmining 1,4 %ini tashkil qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatimizda hajmi 828,5 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 35,5 %ni yoki  431,0 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 31,8 %ga oshgan.

Xorazm viloyatida 2024- yil 1- aprel holatiga tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni jami viloyatdagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 3,9 %ini tashkil etdi va 1 015 taga yetdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-mart oylarida Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy holati raqamlarda:

2024- yilning 23- aprel kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassisi I.Polvonova, S.Qurbanova va U.Tadjimuratovlar ishtirokida Urganch shahridagi 4,19- son umumta’lim maktablari hamda ixtisoslashtirilgan san’at maktabida seminar tashkil etildi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024 yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 166,4 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2024- yil yanvar-mart oyida Xorazm viloyatining tashqi savdo aylanmasi 191,5 mln AQSH dollarini tashkil qildi va 2023- yilning yanvar-mart oyiga nisbatan 11,7 mln dollarga yoki 6,7 % ga kamaydi.

Viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2024- yil 1- aprel holatiga 22 889 taga yetib, korxonalar sonining iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra tarkibida:

2024-yilning 1- aprel holatiga viloyatimizda 4 729 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning soni hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda korxona va tashkilotlarning  o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar    hajmi   298,9 mlrd so‘mni tashkil qildi.

2024- yilning  yanvar-mart oylarida Xorazm viloyatida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi (2 489,6 mlrd so‘m)ning texnologik tarkibi:

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatda 5 038 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga nikoh koeffitsiyenti 10,1 promilleni tashkil etgan hamda 2023- yilga nisbatan 0,7 promillega  kamaygani kuzatildi.

2024- yilning 1- aprel holatiga viloyatimiz doimiy aholi soni o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 37,6 ming kishiga yoki 1,9 % ga oshgan.