Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish 2023-yilda o‘tkaziladi. Respublikaning 4 ta hududida,shu jumladan Xiva shahrida 2021-yilning 1-25 noyabr kunlari ushbu tadbirni sinov tariqasida o‘tkazilish belgilangan.

 

Bugun viloyat hokimi Farhod Ermonov Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxatni qabul qildi. Qabul marosimida viloyat hokimi elchini Xorazmga tashrifi bilan samimiy qutlab, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bunyodkorlik ishlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, chet ellik sarmoyadorlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirdi.

Ilm-fan, tibbiyot, san’at sohasida o‘zaro aloqalarning tobora rivoj topib borayotgani alohida qayd etildi. Janob elchi savdo-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda o‘zaro  hamkorlikni rivojlantirish  istiqbollari haqida to‘xtalib,  samimiy qabul uchun   minnatdorchilik bildirdi.




 

SHuningdek,   janob Manish Prabxat Xiva shahrining diqqatga sazovor joylari, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali faoliyati bilan ham tanishdi. Ma’lumot uchun eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida  Hindistonlik bir guruh talabalar tahsil olmoqda.

www.xorazm.uz

Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash