Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish 2023-yilda o‘tkaziladi. Respublikaning 4 ta hududida,shu jumladan Xiva shahrida 2021-yilning 1-25 noyabr kunlari ushbu tadbirni sinov tariqasida o‘tkazilish belgilangan.

 

Bugun Urganch  shahrida  9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan taklif etilgan urush va mehnat faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar ishtirok etdilar.


Bayram tadbiri o‘tkaziladigan bog‘da Ikkinchi jahon urushi davridagi    kompozitsiyalar, harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Viloyat teatri aktyorlari tomonidan o‘sha davr ruhini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari yaratilib, urush yillarining kuy –qo‘shiqlari ijro etildi. 




Bayram davrasi poytaxtimizdagi  G‘alaba bog‘ida tashkil etilgan asosiy   tantanalarga videoaloqa tizimi orqali  ulanib, ishtirokchilar  mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Xotira va qadrlash kuni  hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 76 yilligi munosabati bilan  urush faxriylariga, butun xalqimizga yo‘llagan tabrigini  tingladilar.





Bayram munosabati bilan  harbiy parad va Qurolli  Kuchlar xarbiy texnikalari marshi o‘tkazildi. Unda SHimoliy-g‘arbiy harbiy okrugiga qarashli  harbiy qismlarning askar va ofitserlari, Milliy gvardiya va ichki ishlar idoralari shaxsiy  tarkibi,  O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi  “Vatanparvar” tashkiloti  sport-texnika klublarining avto  va motohavaskorlari  ishtirok etdi.





Qadri baland  nuroniylar bilan suhbat  to‘kin bayram dasturxoni atrofida davom etdi. Viloyat hokimi, harbiy-ma’muriy sektori rahbari F.Ermanov yig‘ilganlarni bayram bilan qutladi.  Xotira kitobiga nomlari manguga qayd etilgan mard va jasur yurt o‘g‘lonlarining yodi, ularning jasoratlari tilga olindi.   Urush qatnashchilari  va front ortida mehnat qilgan  faxriylar bunday beqiyos g‘amxo‘rlik va e’tibor uchun Prezidentimizga,  xalqimizga minnatdorchilik bildirdilar.








Bugun viloyat hokimi Farhod Ermonov Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxatni qabul qildi.

Qo‘shko‘pir tuman hokimi Jo‘rabek Rahimov 2020 yil ijtimoiy-iqtisodiy yakunlari va 2021 yil uchun belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashining XXIV sessiyasida

Assalomu alaykum, hurmatli vatandoshlar!  

Shifokorlik kasbi – eng mashaqqatli va shu bilan birga sharafli kasblardan biri hisoblanadi.

Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash