Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish 2023-yilda o‘tkaziladi. Respublikaning 4 ta hududida,shu jumladan Xiva shahrida 2021-yilning 1-25 noyabr kunlari ushbu tadbirni sinov tariqasida o‘tkazilish belgilangan.

 

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonida  belgilangan hududdagi har bir uy-joy ro‘yxatini tuzish nazarda tutilgan bo‘lib, uchastkalarga uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar biriktiriladi. Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar faoliyatini tuman (shahar) ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i nazorat qiladi.

❗️Maxsus o‘qitilgan uy-joylar ro‘yxatini tuzuvchilar (registratorlar) o‘z uchastkasini xatlovdan o‘tkazish davomida respondentlar yashaydigan (vaqtincha bo‘lib turgan) yoki yashashi mumkin bo‘lgan barcha binolar ro‘yxatini aniqlaydi, kartografik materiallarni tekshiradi, ularga tegishli belgi qo‘yadi va zarur hollarda o‘zgartirishlar kiritish uchun kadastr idoralariga taqdim etadi.

✅Uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar tegishli tashkilotlar xodimlari orasidan tanlab olinadi va shartnoma asosida faoliyat ko‘rsatadi.

📎 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-  yil 11-  noyabrdagi 710-son qarori bilan tasdiqlangan NIZOM

Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash