So'nggi yangiliklar

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2023/2024-o‘quv yili boshida akademik litseylarda tahsil olayotgan o‘quvchilar 33,4 ming nafarni tashkil etib, ulardan o‘g‘il bolalar 19,5 ming nafarni va qiz bolalar 13,9 ming nafarni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 26,1 mlrd so‘mga (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,8 % iga) to‘g‘ri keldi.