Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar,Sizlarni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan joriy yilning 1 sentyabridan 30 noyabrigacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma`lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo`yicha o`tkazilayotgan so`rovnomada, savolnomani to`ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.(So`rovnomaga o`tish>>>)

 

Shifokorlik kasbi – eng mashaqqatli va shu bilan birga sharafli kasblardan biri hisoblanadi. Chunki, ularning mahorati, malakasi, ma’suliyatida insonlarning hayoti va taqdiri o‘rin egallaydi. Shu munosabat bilan, har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda “Tibbiyot xodimlari kuni” bayram sifatida keng nishonlanishi odat tusiga aylangan. 

Bugun "Tibbiyot xodimlari kuni" munosabati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari va tibbiyot sohasi fidoyilari viloyat hokimligida jam bo‘lishdi. 

Xorazm viloyati hokimi Farxod Ermanov jonkuyar va fidoiy shifokorlarni bayram munosabati bilan muborakbod qilib, viloyatimizdagi fidokorona mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlarini munosib taqdirladi.  

"Dunyoda kasblar ko‘p. Lekin inson salomatligi uchun mas’ul sifatida umrlar mazmunli va bardavom bo‘lishi uchun jon kuydiradigan, o‘zini  qo‘yib, boshqalarga hayot baxshida qilishga qasam ichgan Siz azizlarning egallagan kasbingiz dunyoda tengsiz, desam, adashmayman"- deya ta’kidlab o‘tdi o‘z nutqida.

Bugungi kunda viloyatimiz aholisiga  4556 nafar shifokor va 16674 nafar o‘rta tibbiy xodimlar   malakali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.  

Ma’lumot uchun, viloyatimizda 12 ta markaz, 5 ta dispanser, 1 ta shifoxona, 1 ta stomatologiya poliklinikasi, 1 ta klinika, 13 ta tibbiyot birlashmalari va ular tarkibidagi 13 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar, 3 ta oilaviy poliklinikalar, 65 ta qishloq oilaviy poliklinikalari va 18 ta qishloq vrachlik punktlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

www.xorazm.uz

 

Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash

ELEKTRON DO'KON

Tugmani bosing Tinglash