Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 

F.Ermanov ilk bora o‘zbekistondan "Guzi" mukofoti sovrindori deb topilgan eldoshimiz Bobur Egamberganov bilan uchrashdi. Bobur Egamberganov yoshlarni ijodiy va intellektual qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha g‘olib deb topildi. 

Viloyat hokimi mamlakatimizda yoshlarning faolligini oshirish, ularga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik, puxta bilim olish, kasb-hunar egallash, o‘z iqtidor va salohiyatlarini to‘laqonli namoyon etishlari uchun keng imkoniyat yaratilayotgani, yoshlarni har doim qo‘llab-quvvatlashi va muammolarni bartaraf etishga tayyorligini bildirdi.. 

Boburbek 2000 yilning 29 sentyabrida Xorazm viloyati Urganch tumanida tug‘ilgan. 2003-2013 yillar oralig‘ida Ukrainaning Jitomir shahrida yashagan. 2013 yilda oilasi bilan O‘zbekistonga qaytib, Urganch shahar 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5-sinfiga qabul qilingan. 2019 yilda Urganch Qurilish kasb-hunar kollejni tugatgan. Hozirda Moskva Davlat boshqaruvi institutining 1-bosqich talabasi. U rus, ukrain, turk, tatar, arab va polyak tillarini biladi.

2017 yil 28 sentyabrda Xalqaro Tinchlik generallari Assotsiatsiyasiga qabul qilingan, 2017 yil 4 oktyabrda «Euro star» medali bilan, 2018 yil 2 iyulda Ukraina davlatining «Za rozbudovu Ukraini» ordeni bilan, 2018 yil 2 oktyabrida Butundunyo tinchlik mukofoti bilan taqdirlangan. 2019 yilning 12 oktyabridan Xalqaro “Guzi” tinchlik mukofoti sohibi

"Guzi" mukofoti "Nobel" mukofotining Osiyodagi muqobili sifatida tan olingan bo‘lib, 2002 yilda Filippinda ta’sis etilgan. 

"Guzi" mukofoti alohida shaxs yoki jamoaga inson qadr-qimmatini oshirish, dunyoda tinchlik o‘rnatishga qo‘shgan hissasi, ilm fandagi yutuqlari uchun beriladi. 

Har yili mingdan ortiq nomzodlar orasida 10-15 nafar nomzodlar "Guzi" mukofoti bilan taqdirlanib kelinadi. 

Ushbu mukofotning navbatdagi sovrindorlari orasida Buyuk Britaniya, Isroil, Hindiston, Malayziya, Begiya kabi davlat vakillari qatorida eldoshimiz Bobur Egamberganov ham bor.

 

Mukofot bilan taqdirlash marosimi 27 noyabr sanasida Filippinda bo‘lib o‘tadi.

www.xorazm.uz

Tugmani bosing Tinglash