Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida shahar-tumanlar hokimliklari, qator tashkilot va idoralarning axborot xizmatlari hamda OAV hodimlari va blogerlar ishtirokida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash milliy tizimining tashkiliy-huquqiy asoslari”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi: fuqarolar axborot olish huquqlarini ta’minlashning dolzarb masalalari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishi bilan ahamiyatli ekani, bu Qonun jurnalistika sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan hodimlar uchun dasturilamal bo‘lishi alohida ta’kidlandi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Dilbar Bekchanova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Numan Akbarov, Rasul Kusherbaev, Xorazm viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari SHonazar Karriev “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunining asosiy qoidalari”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi ta’minlash: huquqlar va majburiyatlar”, “Faoliyat ochiqligini ta’minlashda Axborot xizmatlarining roli: eng yaxshi amaliyot namunalari” mavzularida so‘zga chiqdilar. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari SH.Karriev hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Dilbar Bekchanova hokimliklar hamda idora va tashkilotlarning axborot xizmatlari hodimlari ish samaradorligi va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash ko‘nikmasini yanada oshirishi lozimligini qayd etdilar. 

www.xorazm.uz

Tugmani bosing Tinglash