Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 

2019 yilning 6-22 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Ekaterinburg shahrida kattalar o‘rtasi bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon chempionati kumush medali sohibi Dilshodbek Ro‘zmetovga Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov SPARK avtomobili sovg‘a qildi.

         Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev rahbarligida har tomonlama barkamol va ma’naviy etuk avlodni voyaga etkazishning muhim vositasi sifatida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Natijada, aholining turli qatlamlari, xususan, yoshlar orasida sport turlariga bo‘lgan qiziqish tobora oshib, shug‘ullanuvchilarning doirasi ham kundan kunga kengaymoqda. 

         Sportning boshqa turlari qatori boks turi ham o‘g‘il va qizlarimiz o‘rtasida jadallik bilan rivojlanib borayotganini bugun alohida e’tirof etish o‘rinli. Bir so‘z bilan aytganda, bugungi kunda O‘zbek boks maktabi tarbiyalanuvchilari sport olamining barcha nufuzli musobaqalari – yozgi Olimpiada va Osiyo o‘yinlari, Jahon va qit’a chempionati hamda birinchiliklari, xalqaro turnirlarda olamshumul natijalarni qo‘lga kiritishmoqda.

Bugun cheksiz quvonch va faxr bilan aytish mumkinki, O‘zbekiston jamoasining ringdagi harakatlari va g‘alabalari oldida mana-man degan davlatlar bokschilari ham lol qoldilar.

Ayniqsa, ayrim sportchilarimiz bunday yirik musobaqada birinchi marta qatnashishiga qaramasdan, hayiqmay ringda jang qilishdi. Bu bilan hech kimdan kam emasligini, aksincha, boshqalardan ancha ustunligini to‘la namoyon etdilar. 

Albatta, sportchilarimizning yurt sha’ni va obro‘sini dunyo miqyosida ko‘klarga ko‘tarish yo‘lidagi mehnatlari bee’tibor qolmadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Rossiya Federatsiyasining Ekaterinburg shahrida boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari, ularning murabbiylari davlatimizning faxriy unvoni va medallari bilan mukofotlandilar. SHuningdek, har biriga Prezident sovg‘asi – pul mukofotlari va avtomobillar topshirildi.

         Muhtaram Prezidentimizning Farmoniga binoan, Dilshodbek “Kelajak bunyodkori” medaliga loyiq ko‘rildi. SHuningdek, Prezidentimiz sovg‘asi - 6 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti va “Gentra” avtomobili bilan taqdirlandi. 

         Pahlavon Mahmud, Jaloliddin Manguberdi singari buyuk siymolarga beshik bo‘lgan Xorazm zaminining mard va jasur o‘g‘loni Dilshodbek Ro‘zmetovning g‘alabasi qalblarimizga g‘urur va faxr hissini bag‘ishlamoqda!

Dilshodbek ushbu yirik sport anjumanda ilk bor ishtirok etishiga qaramay, yuksak iste’dod sohibi, iqtidorli bokschi, asl xorazmiylar vorisi ekanligini to‘la namoyon qildi.

Har bir yurtdoshimiz, ayniqsa, sportchilarimiz uning har bir janggini katta umid va ishonch bilan kutgani, unga chin ko‘ngildan omad va zafarlar tilagani unga engilmas qanot bag‘ishlagani shubhasiz!

Sportchimiz Xorazm viloyati sporti tarixida yangi, o‘ziga xos sahifa ochib berdi!. Zero, kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining shohsupasiga ko‘tarilish bu - juda katta jasorat! 

Hukumatimizning ushbu yuksak mukofoti va sovg‘alari bilan Dilshodbekni, oila a’zolarini, yaqinlari va ustozlarini, shu bilan birga viloyatimiz sporti ahlini ham qizg‘in muborakbod etamiz!

Dilshodbek Ro‘zmetovning 2020 yili YAponiyaning poytaxti Tokio shahrida o‘tkaziladigan navbatdagi yozgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, biz niyat bildirgan marralarga, albatta, etishiga chin dildan tilak bildiramiz!

Bu yo‘lda unga sixat-salomatlik, tinimsiz izlanish, kuch-g‘ayrat va buyuk xorazmiylar ruhi yor, Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin!

www.xorazm.uz

Tugmani bosing Tinglash