Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 

Xorazm viloyati hokimining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasiga qilingan murojaatdan so‘ng Farxod Ermanov viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining Gemotologiya bo‘limiga borib mavjud axvolni o‘rgandi.

Gemotologiya bo‘limida kamqonlik va leykoz kasalligiga chalinib bo‘limda davolanayotgan 10 nafar bolani xabarini oldi xamda ularning ota-onalari bilan suxbatlashib, ularning xam muammolarini tingladi. Leykoz kasaliga chalingan bemorlarga beriladigan dorilar asosan chet eldan kelishi va shu bois dorilarning kelishida tanqislik mavjudligi aniqlandi. Bu muammoni xal qilish uchun zaruriy choralar ko‘riladigan bo‘ldi. Kelgusida bor imkoniyatimizni ishga solib shu dorilarni Xindiston davlatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib kelish choralari ko‘riladi.Viloyat hokimi viloyatimizda leykoz kasali bilan og‘rigan bemor bolalarga shakklantirilgan ro‘yxat asosida oyma-oy zarur dori-darmon vositalarini etkazib berish uchun moliyalashtirishni o‘z nazoratiga oldi.

www.xorazm.uz

Tugmani bosing Tinglash