Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 

Xorazm viloyat hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilayotgan festivalning ochilish marosimi Xiva shahridagi “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida bo‘lib o‘tdi. Festivalning ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov, Polsha Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Petr Ivashkevich xamda Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi qoshidagi Geydar Aliev nomli madaniyat markazi rahbari o‘rinbosari Zeynalov Polad Mansur o‘g‘li so‘zga chiqdi. Tantanali ochilishidan so‘ng, barcha mehmonlar va ishtirokchilar “Ichan-qal’a”ning "Ota darvoza"sidan ichkariga tashrif buyurishdi.

Turli davlatlar nomlanishi bilan o‘tgan saf, respublikaning hududini namoyon etuvchi liboslardagi raqqosalari “Ichan-qal’a”da yurishi barchani lol qoldirdi. Ansambl jamoalarining chiqishlari sayyohlar va tomoshabinlarni raqsga chorlab, zavq bag‘ishladi. – O‘zbekistonning o‘ziga xos raqs san’ati bor va undagi har bir harakat kishini o‘ziga jalb etmasdan qolmaydi, – deydi xidistonlik raqqosa Patra Sinxi. – Sizlarning jannatmakon yurtingiz va sexrli raqslaringizni televizor orqali ko‘rganman.

Bugun esa shunday festivalda qatnashayotganimdan nihoyatda xursandman. Rosti, milliy raqslaringiz jozibasidan sehrlanib qoldik go‘yo. Fursatdan foydalanib, hamrohlarim bilan birga raqslaringizning ayrim harakatlarini o‘rganamiz. Bu erdan olgan taassurotlarimizni o‘z yurtimizda yaqinlarimizga albatta so‘zlab beramiz. Festivalda yurtimizning turli hududlari va qator xorijiy davlatlardan kelgan san’atkorlar o‘z badiiy chiqishlari bilan ishtirok etmoqdi.

www.xorazm.uz

Tugmani bosing Tinglash