Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 

Viloyatimizdagi ta’lim muassasalarida yangi – 2019/2020 o‘quv yili “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostidagi "Mustaqillik darslari" bilan boshlandi.
Viloyat hokimi Farxod Ermanov va Urganch tumani hokimi Frunze SHaripov Urganch tumani “Qoramon” mahallasidagi yangi 315 o‘rinli 49-umumta’lim maktabining ochilishiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etib, o‘qituvchi va o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.

Joriy yilning 23 avgust kuni davlatimiz rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida sohadagi dolzarb vazifalar belgilab olindi. Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish, tizimdagi muammolarni samarali hal etish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha amaliy ishlarga qo‘l urildi. Xorazm viloyatidagi 536 ta ta’lim muassasasi, shundan, 522 ta maktab (shu jumladan, 4 ta maxsus maktab-internat, 3 ta sanatoriy tipidagi maktab-internat, 13 ta ayrim fanlar chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar), 1 ta Bolalar shaharchasi, 1 ta Oilaviy bolalar uyi, 12 ta “Barkamol avlod” bolalar markazlarida 339 ming 646 nafar o‘quvchilarga 29 ming 978 nafar pedagoglar ta’lim-tarbiya bermoqda.

Viloyatda 2019 yilda 52 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarini yangidan qurish, qayta rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari uchun jami 82 mlrd.252,6 mln. so‘m mablag‘ sarflanishi belgilangan.Shundan, investitsiya dasturi bo‘yicha 26 ta maktabda 51 mlrd. 639,7 mln. so‘m, “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida 18 ta maktabda 20 mlrd. 871,0 mln.so‘m, “Obod mahalla” dasturi doirasida 6 ta maktabda 8 mlrd. 369,1 mln. so‘mlik, "Obod markaz" dasturi asosida 2 ta maktablarda 1 mlrd. 336,8 mln. so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga etkazilmoqda.Bugun viloyatimizda 32 ming 927 nafar o‘g‘il-qiz ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘ydi.

www.xorazm.uz

 

Tugmani bosing Tinglash