Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 

So‘nggi yillarda O‘zbekiston hamda Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochildi. Bunda Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning siyosiy irodasi, qat’iyati muhim asos bo‘ldi. Ya’ni ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, muntazamlik kasb etayotgan uchrashuvlar, samimiy muloqotlar o‘zaro hamkorlik rivojiga katta turtki bermoqda.
YAqinda viloyat hokimi F.Ermanov boshchiligidagi delegatsiya Turkiya davlatining Antaliya, Istanbul, Adana shaharlariga tashrif buyuribqishloq xo‘jaligi, turizm, sanoat, sport, san’at kabi bir qancha sohalarida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama shartnomalar imzolashiga erishilgan edi. 
Ta’kidlash lozimki, Turkiya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan. 1996 yilda mamlakatlarimiz o‘rtasida Abadiy do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan. Xalqlarimiz ko‘p asrlik tarixi, tili, dini, qadriyatlari va mushtarak urf-odatlari bilan bir-biriga chambarchas bog‘langan. Davlatlarimiz o‘rtasida o‘zaro ishonch asosidagi do‘stona munosabatlar bugungi kunda izchil mustahkamlanib bormoqda. Turizm sohasidagi hamkorlikni jadallashtirishda milliy aviakompaniyalarimiz o‘rtasida sherikchilik muhim o‘rin tutadi. Hozirda aviaqatnovlarni kengaytirish maqsadida yangi reja va qo‘shma loyihalar ishlab chiqilmoqda.
O‘zbekiston ham, Turkiya ham turizm sohasida ulkan imkoniyatlarga ega. Bu salohiyatdan to‘la foydalanish, sayyohlar almashinuvini oshirish albatta ulkan iqtisodiy samara beradi.
Joriy yilning 6-8 sentyabr kunlari Xiva shahrida “Xalqaro kamondan otish va milliy o‘yinlar festivali” o‘tkaziladi. Turkiyalik mexmonlar ushbu tadbirga olib borilayotgan tayyorgarlikni ko‘zdan kechirib, uning doirasida tashkil etilgan matbuot-anjumanda ishtirok etishdi. Tadbirda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Oybek Norinboev, Kamondan otish federatsiyasi raisi Otabek Imamov, Butunjaxon etnosport Konfederatsiyasi prezidenti Najmiddin Bilol Erdog‘an, Turkiya o‘qchilar vaqfi rahbari Haydarali Ildiz, shuningdek, mahalliy OAV vakillari ishtirok etishdi.
Anjuman davomida jurnalistlar festival o‘tkazilishi, qamrovi va yoritilishi bilan bog‘liq turli savollar bilan murojaat qilishdi. Mutasaddilar bunga javoban tadbir o‘zida 1000 dan ziyod ishtirokchilarni qamrab olishi, Turkiya OAVlarida keng yoritilishi va bir qator mamlakatlarning diplomatik korpus vakillari ham qatnashishi kutilayotgani haqida ma’lumot berdilar.

www.xorazm.uz

Tugmani bosing Tinglash