Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 

Mamlakatimizda yosh avlodning nurafshon ertasini ta’minlash, ularning ta’lim-tarbiyasi borasidagi g‘amxo‘rlik namunasini yanada shakllantirish, yurt barqarorligi yo‘lida olib borayotgan samarali ishlarini qo‘llab-quvvatlash hamisha davlatimiz e’tiborida va e’tirofida bo‘lib kelgan. 

30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Vohamiz markazidagi “Yoshlar markazi”da bo‘lib o‘tgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi ham aslida kelajagimiz vorislari orzu umidlarining ro‘yobi va bu borada ayrim echimini kutayotgan masalalarga qaratildi.

Unda viloyat hokimi Farxod Ermanov inson qadr-qimmati ulug‘langan mamlakatimizda har bir yosh baxtiyor yashashga haqli va barchamizning maqsadimiz ham avvalo, umidli yoshlarimizga barcha sohalarda keng yo‘l ochib berishimiz bugunning muhim masalalaridan biriga aylangani xususida alohida to‘xtaldi. Mazkur muloqotda yoshlarimiz viloyat rahbariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, to‘laqonli javob oldilar. Eng asosiysi, tadbir ishtirokchilari ochiq muloqot tarzida o‘tgan ushbu tadbirdan g‘oyatda mamnun bo‘lishdi.

www.xorazm.uz

 

Tugmani bosing Tinglash