Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 

Ochiq osmon ostidagi muzey shahar — “Ichan qal’a”ning “Ko‘hna Ark” maydonida Pahlavon Mahmud nomidagi I xalqaro bahodirlar o‘yinlariga start berildi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Xalqaro nomlanishi Strong men deb ataluvchi ushbu musobaqa ilk bora Xiva shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Unda Hindiston, Eron, Turkiya, Pokiston, Latviya, Rossiya kabi 20 mamlakatdan jahonning eng kuchli polvonlari ishtirok etmoqda.

— Musobaqa sabab O‘zbekistonga kelganimdan xursandman, — deydi Strong men o‘yinlari sovrindori eronlik Rizo Gijayetasi. —Mening yurtimda ham Pahlavon Mahmudning nomi katta hurmat, ehtirom bilan tilga olinadi. Biz pahlavonlar ushbu zotni polvonlar piri deb bilamiz. Ushbu ulug‘ inson yashab o‘tgan joylarda bo‘lish men uchun sharaf.

Pahlavon Mahmud nomidagi “Bahodirlar o‘yini” I xalqaro turnirining asosiy tadbirlari bugun Xiva shahrining turli joylarida bo‘lib o‘tadi.

O'zA

Tugmani bosing Tinglash