Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov Xonqa tumanida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda fuqarolarning murojaatlari yuzasidan masalalarni ko‘rib chiqish va hal etish uchun shahar va  tuman hokimlari, sektorlar hamda idora va tashkilotlar rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari jalb etildi.Sayyor qabulga kelgan fuqarolar dastlab shahar va  tuman hokimlari, masalasiga ko‘ra tegishli tashkilotlar mas’ul xodimlariga murojaat qildi. Murojaat tuman va tegishli tashkilot miqyosida hal etilmagan holatda bu masalani viloyat hokimi o‘z vakolati doirasida ko‘rib chiqdi.

Viloyat, shahar va tuman hokimlari har bir murojaatni diqqat bilan eshitib, o‘rtaga tashlangan masalalarni o‘z o‘rnida, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan muammolarni qisqa fursatda hal etish choralarini ko‘rdi.Jumladan, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, uy-joy bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish singari murojaatlar ijobiy hal etildi. 

Tugmani bosing Tinglash