Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K shakli (oylik) har oy, hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay elektron shaklda taqdim etishni unutmang!!!

Prezidentimizning 2019 yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, joriy yil 1 fevraldan Xalq qabulxonalarining muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilish, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etildi. Mazkur tuzilmaga bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.

Xalq qabulxonalarining yangi tizimda samarali faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida ularga xizmat mashinalari ajratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyati tuman va shaharlaridagi Xalq qabulxonalariga ham viloyat hokimligi tomonidan “Cobalt” avtomashinalari topshirildi.

Viloyat Xalq qabulxonasi mudiri S.Berdikilichov va boshqalar bugungi kunda Xalq qabulxonalari davlat organlari bilan aholi o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, dolzarb muammolarni aniqlash, murojaatlar qonuniy va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlashda samarali mexanizmga aylanganini ta’kidladi.

O‘tgan yili viloyatdagi Xalq qabulxonalariga jismoniy va yuridik shaxslardan 19002 ta murojaat kelgan. Ularning 12321 tasi qanoatlantirilgan, jumladan, 3685 tasi ijobiy echim topgan, 7304 tasi esa huquqiy maslahat berish orqali hal qilingan. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan 2275 qabulda 12751 dan ortiq aholi turli masalalar yuzasidan murojaat qilgan. Muammolarning 50 foizi ijobiy hal etilgan, 50 foiz murojaat yuzasidan tushuntirish berilgan.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov so‘zga chiqdi.

www.xorazm.uz

 

Tugmani bosing Tinglash