Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 

 

Bugun Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov boshchiligidagi investitsiya masalalariga tegishli viloyatdagi mutasaddilar va tadbirkorlardan iborat delegatsiya a’zolari Malayziyadagi ishbilarmonlar doira vakillari bilan savdo iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashrif buyurishdi. Viloyat hokimi Malayziyaning xalqaro savdo-sanoat vazirligi qoshidagi tashqi savdoni rivojlantirish bo‘yicha Matred korporatsiyasida bo‘ldi. Dastavval korporatsiyaning tashqi aloqalarni rivojlantirish departamentining bosh direktori Mustafa Abdul Aziz bilan tor doiradagi uchrashuv o‘tkazildi. Unda korporatsiya bilan hamkorlik aloqalariga kelishib olindi. SHundan so‘ng Malayziyaning yirik va o‘rta biznes kompaniyalaridan ellikdan ziyod vakillari ishtirok etdi. Biznes forumdan keyin xorazmlik tadbirkorlar va Malayziyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlik mavzusida munozaralar bo‘lib utdi. Natijalarga ko‘ra bir qator kelishuvlarga erishildi. Jumladan, baliqchilikni rivojlantirish zamonaviy tibbiyot vositalari ishlab chiqarishda hamkorlik qilishga kelishib  olindi.
Malayziya texnologiyalari universitetida o‘tkazilgan uchrashuvda Xorazm viloyatida mazkur oliygoxning filialini ochish bo‘yicha muzokoralar olib borildi va kelishuv bayonnomalari imzolandi.

www.xorazm.uz

Tugmani bosing Tinglash