Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K shakli (oylik) har oy, hisobot davridan keyingi oyning 2-sanasidan kechiktirmay elektron shaklda taqdim etishni unutmang!!!

 

2018 yil 30 noyabr kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tavsiyasiga binoan Xorazm viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlandi. F.Ermanov 1958 yilda tug‘ilgan. Ilgari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, Beruniy tumani hokimi lavozimlarida ishlagan. Keyingi yetti oyda u Xorazm viloyati hokimi vazifalarini bajarishda sinovdan o‘tgan. Xalq deputatlari kengashining partiyalar guruhlari bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlarda ham Farhod Ermanov nomzodi qo‘llab-quvvatlangan. Avvalroq Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat prokurori, ichki ishlar va soliq boshqarmalari boshliqlari vazifalariga ham yangi rahbarlar tayinlangan edi. Prezidentimiz viloyat rahbarlari Xorazm xalqi bilan bir tanu bir jon bo‘lib, bugun belgilab berilgan vazifalarni to‘la bajarishi, iqtisodiyotni rivojlantirish va odamlar hayotini yaxshilash bo‘yicha kutilgan natijalarga erishishi zarurligini ta’kidladi.

www.xorazm.uz

Tugmani bosing Tinglash