Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 27-may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
 
Frank-Valter Shtaynmayer shu kuni oʻzi uchun ajratilgan qarorgohda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Toshkentdagi Gyote instituti, Konrad Adenauer va Fridrix Ebert nomidagi jamgʻarmalar, Germaniya akademik almashuvlar xizmati (DAAD) kabi institutlar vakillari bilan uchrashdi.
 
Tashrifning asosiy voqealari 28-mayga moʻljallangan.
 
Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini, shuningdek, Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi formati doirasidagi aloqalarni muhokama qiladilar.
 
Muloqot chogʻida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashish koʻzda tutilgan.
 
Muzokaralar yakuni boʻyicha iqtisodiyot, moliya, taʼlim, sogʻliqni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi moʻljallanmoqda.
 
Tashrif asnosida Frank-Valter Shtaynmayer Oʻzbekiston va GFRning yetakchi kompaniya va banklari, yurtimizdagi fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashishi, qator sanoat korxonalari va madaniy muassasalar bilan tanishishi rejalashtirilgan.
 
Germaniya Prezidenti Xorazm viloyatida boʻlib, Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan uchrashadi, Xiva shahridagi osori atiqa va madaniy-meʼmoriy obidalarni tomosha qiladi.
 

 

OʻzA
Tugmani bosing Tinglash