Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar,Sizlarni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan joriy yilning 1 sentyabridan 30 noyabrigacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma`lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo`yicha o`tkazilayotgan so`rovnomada, savolnomani to`ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.(So`rovnomaga o`tish>>>)

 

Joriy yilning 14- oktabr kuni Davlat statistika qo’mitasida Barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarini shakllantirishda ishtirok etuvchi hamkor tashkilotlar, vazirlik va idora vakillari bilan videokonfersaloqa tarzida uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu vebinarni tashkil etishning asosiy maqsadi Barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarini shakllantirishda olib boriladigan asosiy vazifalarni muhokama qilishdan iborat bo’ldi.

Tadbirda BMTning bolalar jamg’armasi (UNICEF) vakillari, mamlakatimizdagi turli vazirlik va idoralar xodimlari ishtirok etdi.

Vebinarni Davlat statistika qo’mitasining Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig’i Dilshod Qirg’izov kirish so’zi bilan ochib berdi. Shuningdek, Barqaror rivojlanish va ijtimoiy soha tarmoqlari statistikasi bo`yicha yig`ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo`limi boshlig’i o’rinbosari O. Aleshunina mavzu yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

Tadbir so’nggida tomonlar fikr-mulohaza almashib, Barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarini shakllantirish borasida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan kelishib oldi.

Axborot xizmati

Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash

ELEKTRON DO'KON

Tugmani bosing Tinglash