Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 

Shu yilning 9-avgust kuni Toshkent viloyati Xalq qabulxonasida "O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g’risida"gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Seminarni viloyat hokimi o‘rinbosari O.Parpiboeva ochib berdi.nda viloyatning barcha tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, statistika, kadastr, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillari, viloyat hududiy komissiyasi a'zolari ishtirok etdi.Seminarda Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari M.Ziyadullaev, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Q.Berdiqulov va boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z.Yuldoshev so‘zga chiqib, farmonning ijrosi yuzasidan shu kunga qadar bajarilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida fikr bildirdi.Tadbir ishtirokchilari aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu boradagi muammo va kamchiliklar, hal etilishi lozim bolgan chora-tadbirlar xususida atroflicha fikr-mulohaza almashdi. Shuningdek, tadbir davomida hududiy komissiya a'zolari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

www.stat.uz

Tugmani bosing Tinglash