Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar,Sizlarni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan joriy yilning 1 sentyabridan 30 noyabrigacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma`lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo`yicha o`tkazilayotgan so`rovnomada, savolnomani to`ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.(So`rovnomaga o`tish>>>)

 

19 noyabr kuni  boshqarmaning   Aholi turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi (bo‘lim boshlig‘i Q.Quryazov) xodimlari ishtirokida navbatdagi videoseminar bo‘lib o‘tdi.Seminarda aholining umumiy daromadlar hajmi ko‘rsatkichlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassislari hududiy statistika boshqarmalarining tegishli bo‘lim xodimlarini bilim va salohiyatini  suhbat va savol-javoblar orqali o‘rgandilar.Davlat statistika qo‘mitasi Aholi turmush darajasi  va  kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i U.K.Madaminov soha statistikasi ishlarini shakllantirish bo‘yicha o‘zining takliflari,fikr va mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, sohada statistik kuzatuvlarni olib borish bilan bog‘liq ish jarayonida kelib chiqadigan muammolar umumiy tarzda muhokama qilindi va  qo‘mita mutaxassislari bu yuzasidan tegishli  tavsiya va takliflarini bildirdilar.

Eslatib o‘tamiz, mazkur videokonferensiyalar joriy yilda uchinchi marotaba tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi  "O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ -4796 sonli qarorida  belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda  tizimdagi har bir xodimning talab darajasidagi bilim va malakaga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

             

 

                                Xorazm viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati

Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash

ELEKTRON DO'KON

Tugmani bosing Tinglash