Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5-sanasidan kechiktirmay elektron tarzda topshirishingiz so'raymiz !!!

 

Joriy yilning 9- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari uchun mutaxassislarning ilmiy salohiyati va malakasini oshirish maqsadida navbatdagi vebinar tashkil qilindi.

Tadbirda boshqarmaning statistika faoliyatini tashkil etish va yig`ma axborot-taxliliy ishlar bo`limi boshlig`i M.Sultanmuratov boshqarma mutaxassislari hamda onlayn ulangan soha xodimlariga milliy xisoblar tizimiming asosiy atamalari va ko`rsatkichlari, yalpi ichki (hududiy) mahsulotni hisoblash usullari, yalpi ichki mahsulotning o`sish sur`atlari va deflyator indekslarini hisoblash usullari, MHT-1993 va MHT-2008 o`rtasidagi farq, kiritilgan o`zgarishlar va yangiliklar, sifat ko`rsatkichli indekslarni hisoblash, bazisli va zanjirsimon indekslar haqida ma’ruza o’qidi.

O’quv seminarlari vebinar shaklda tashkil qilinib, ishtirokchilar soha bo’yicha o’zaro fikr almashishdi.

Bu kabi o’quv seminarlari muntazam tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

 

Axborot xizmati

Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash

ELEKTRON DO'KON

Tugmani bosing Tinglash