Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5-sanasidan kechiktirmay elektron tarzda topshirishingiz so'raymiz !!!

 

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Asfandiyor O‘tamurotov koronovirusga qarshi kurash va undan saqlanish chora-tadbirlari bo‘yicha qat’iy topshiqriq va ko‘rsatmalar berdi. Unga ko‘ra har bir xodim doimo shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishi, ish jarayonida ham tibbiy niqob taqib yurishi shart qilib belgilandi.

Koronovirusdan saqlanishning eng maqbul yo‘li – bu odamlar bilan qo‘l berib salomlashmaslik, yaqin masofada turib gaplashmaslikdir. O‘zbekona lutf bilan qo‘llarni ko‘ksiga qo‘yib salomlashishning o‘zi kifoya qiladi. Ish jarayonida ham qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvish, antiseptik gellar bilan artib turish ham foydalidir.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Asfandiyor O‘tamurotov karantin davrida yoshi ulug‘ xodimlarga mehnat ta’tili berish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Shuningdek, ish joylari, ayniqsa, yuvinish xonalarini tez-tez dizenfeksiya qilish qattiq nazoratga olinganligi ta’kidlandi.

Inson omili jamiyatimizning bosh maqsadi sanaladi. Odamlar sog‘lom bo‘lsagina ishimizda unum va baraka bo‘ladi. Zeroki, bu Xorazm viloyat statistika boshqarmasi mutasaddilarining diqqat markazidagi masalaga aylangan.

 

Xorazm viloyati statistika

boshqarmasi axborot xizmati

Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash

ELEKTRON DO'KON

Tugmani bosing Tinglash