Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 

2019 yil 20 sentyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining navbatdagi sayyor Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Sayyor Hay’at yig‘ilishida Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Maxmudjon Djo‘raqulovich Ziyodullaev, Davlat statistika qo‘mitasi mas’ul xodimlari, Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i  v.v.b.Asfandiyor Rustamovich O‘tamuratov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, boshqarma tarmoq hamda shahar va tuman statistika bo‘limlari boshliqlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda Xorazm viloyati statistika organlarida sohaga oid O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Qarorlari va Farmonlarining ijrosini ta’minlash, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3165-sonli qarori ijrosi bo‘yicha bajarilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilish yakunida sayyor Hay’at yig‘ilishi qarorida vazifalar belgilab olinib, kelgusida Xorazm viloyati statistika organlarida amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ijrosi bo‘yicha  tegishli vazifalar topshirildi.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi

Tugmani bosing Tinglash