Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 

Joriy yilning 8 avgust kuni Urganch shahar hokimligi binosining kichik majlislar zalida barcha tuman (shahar) hokimlarining birinchi o’rinbosarlari, statistika, kadastr, o’zini-o’zi boshqarish organlari vakillari, shuningdek, viloyat hududiy komissiya a'zolari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro’yxatga olishni o’tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5655-son Farmoni ijrosi bo’yicha seminar o’tkazildi.

Seminarda, Davlat statistika qo’mitasining “Demografiya va mehnat statistikasi” boshqarmasi boshlig’i Berdikulov Qobil G’ulamovich ma'ruza qilib, ushbu farmonning ijrosi yuzasidan shu kunga qadar amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar to’g’risida ma'ruza qildi.

Seminar davomida hududiy komissiya a'zolari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

 

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi

 

Tugmani bosing Tinglash