Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K shakli (oylik) har oy, hisobot davridan keyingi oyning 2-sanasidan kechiktirmay elektron shaklda taqdim etishni unutmang!!!

Sizni davlat statistika organlarida shu yilning 1-30 sentyabr kunlari korrupsiyaga qarshi monitoring doirasida o‘tkazilayotgan kuzatuvlarda ishtirok etishga taklif qilamiz.

Monitoring o‘tkazishdan maqsad statistika tizimida korrupsiya holatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va uning natijalari bo‘yicha davlat statistika organlarida korrupsiya darajasini pasaytirish usullarini izlashdir.

Sizning mazkur so‘rovnoma savollariga bergan javoblaringiz  yordamida aniq va to‘liq ma’lumot olishga, uni tahlil qilib to‘g‘ri xulosa chiqarishga umid qilamiz.

Shuning uchun Sizdan savollarimizga yuqori saviyada vijdonan
va samimiy javob berishingizni so‘raymiz.

O‘z navbatida, so‘rovnomaning anonim hisoblanishi, respondentning shaxsiga oid ma’lumotlar hech qaerda ko‘rsatilmasligi va savollarga berilgan javoblar faqat umumlashtirilgan holda ishlatilishi, shuningdek javoblaringiz Sizga yoki boshqa shaxsga qarshi ishlatilishiga aslo yo‘l qo‘yilmasligi kafolatlanadi.

Bizga ko‘rsatgan yordamingiz, so‘rovimizda ishtirok etishga tayyorligingiz uchun Sizga oldindan minnatdorchilik bildiramiz!>>>> SO'ROVNOMA

Tugmani bosing Tinglash