Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 


Strict Standards: Only variables should be assigned by reference in /home/xorazmst/domains/xorazmstat.uz/public_html/plugins/content/loadmoduleinarticle/loadmoduleinarticle.php on line 63

Warning: Creating default object from empty value in /home/xorazmst/domains/xorazmstat.uz/public_html/plugins/content/loadmoduleinarticle/loadmoduleinarticle.php on line 77

Rajapov Mo‘min,

Qishloq xo‘jaligi va ekologiya

statistikasi bo‘limi boshlig‘i

2019 yilning yanvar-sentyabrida ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 10133,0 mlrd. so‘mni yoki 2018 yilning shu davriga nisbatan 103,0 foizni, shu jumladan, dehqonchilik, chorvachilik va bu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 9964,8 mlrd. so‘mni (102,9 foiz), ovchilik va yovvoyi hayvonlarni tutish va bu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 0,05 mlrd. so‘mni (100,0 foiz),  o‘rmonchilik xo‘jaliklarida  87,1 mlrd. so‘mni (101,9 foiz), baliqchilik xo‘jaliklarida 81,0 mlrd. so‘mni (123,3 foiz) tashkil qildi.

Viloyat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida eng katta ulushni dehqon (aholining shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari egallagan bo‘lib, 2019 yil yanvar-sentyabrida jami qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 79,1 foizini tashkil qildi (2018 yil yanvar-sentyabrida – 80,3 foiz), fermer xo‘jaliklari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 20,1 foizi ishlab chiqarilgan (2018 yilda 18,8 foiz), shuningdek qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan jami qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 0,8 foizi ishlab chiqilgan (2018 yil yanvar-sentyabrida – 0,9 foiz),                              

Dehqonchilik. 2019 yilning yanvar-sentyabr ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlari umumiy hajmi 3936,0 mlrd. so‘mni yoki 2018 yilning shu davriga nisbatan 105,8 foizni, jumladan, fermer xo‘jaliklarida 1768,0 mlrd.so‘mni (110,5 foiz), dehqon (shahsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 2157,5 mlrd. so‘mni (103,0 foiz), qishloq xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 10,5 mlrd. so‘mni (76,0 foiz) tashkil qildi.

Hosil yig‘imi. 2019 yilning yanvar-sentyabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 320696 tonna don ekinlari (2018 yilning shu davriga nisbatan 104,5 foiz), 97381 tonna kartoshka (100,2 foiz), 369387 tonna sabzavot (105,6 foiz), 95063 tonna poliz (107,8 foiz), 119007 tonna meva (105,6 foiz), 30661 tonna uzum (106,1 foiz) yig‘ib olindi.   

     

CHorvachilik. 2019 yil yanvar-sentyabr oylarida chorvachilikda ishlab chiqarilgan mahsulotlar umumiy hajmi 5951,5 mlrd. so‘mni yoki 2018 yilning shu davriga nisbatan 100,9 foizni, jumladan, fermer xo‘jaliklarida 218,1 mlrd. so‘mni (108,8 foiz), dehqon (shahsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 5661,3 mlrd.so‘mni (100,6 foiz), qishloq xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 72,1 mlrd. so‘mni (98,2 foiz) tashkil qildi.