Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 

Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar
Yanvar-Sentyabr
Yalpi hududiy mahsulot
Yanvar-Iyun
Yalpi hududiy mahsulot
Yanvar-Mart
Yalpi hududiy mahsulot
Sanoat statistikasi
Investitsiyalar va qurilish statistikasi
Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi
Xizmatlar sohasi statistikasi
Yanvar-Sentyabr
Xizmatlar sohasi
Yanvar-Avgust
Xizmatlar sohasi
Yanvar-Iyul
Xizmatlar sohasi
Yanvar-Iyun
Xizmatlar sohasi
Yanvar-May
Xizmatlar sohasi
Yanvar-Aprel
Xizmatlar sohasi
Yanvar-Mart
Xizmatlar sohasi
Yanvar-Fevral
Xizmatlar sohasi
Yanvar
Xizmatlar sohasi
Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi
Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko'rsatish
Demografiya va mehnat statistikasi
Yanvar - Iyun
Ish haqi
Demografik holat
Yanvar - mart
Ish haqi
Demografik holat
Qishloq xo`jaligi statistikasi

Raqamlar:

2017 yil yanvar-oktabr oylarida bozor xizmatlari hajmi 88250,3 mlrd.so`mni tashkil etdi.

Moliyaviy xizmatlar o`sish sur`ati 138,8 foizni tashkil qildi.

Jami bozor xizmatlarida savdo xizmatlarning ulushi – 28,4 foiz.

  2017 yil yanvar-oktabrda xizmatlar tarkibi , % da

 

Bank tizimining barqarorligini ta’minlash, istiqbolli investitsiya loyihalarini kreditlashni kengaytirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori texnologik xizmatlarni rivojlantirish, texnik va texnologik yangilash borasidagi islohotlarni davom ettirilishi hisobiga hisobot davrida moliyaviy xizmatlar bo’yicha – 138,8 foiz, ta’lim xizmatlari bo’yicha – 120,6 foiz, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari bo’yicha – 117,5 foiz, yashash va ovqatlanish xizmatlari bo’yicha 111,7 foiz yuqori o’sish sur’atlariga erishildi.

2017 yil yanvar-oktabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha
bozor xizmatlari o’sish sur’ati, % da

 

 

 Davlat statistika qo`mitasi
Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi

Mas`ul: A.Umarov
(71) 230-80-61

 

Qishloq, o`rmon va baliq xo’jaligi

2017 yilning yanvar-sentyabr oylarida qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulot(xizmat) larining umumiy hajmi 46 194,3 mlrd.so'mni yoki 2016 yilning mos davriga nisbatan 103,5 foizni, shu jumladan dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko'rsatilgan xizmatlar – 45 982,3 mlrd.so'mni (103,5 foiz), o'rmon xo'jaligida – 63,4 mlrd.so'mni (101,4 foiz), baliqchilik xo'jaligida – 148,6 mlrd.so'mni (111,9 foiz) tashkil qildi. Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulot (xizmat)lar hajmining o'sishi asosan dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohada ko'rsatilgan xizmatlar hajmining sezilarli darajada oshishi bilan izohlanadi.

Xususan yuqori o'sish sur'atlari Samarqand (106,1 foiz), Surxondaryo (106,0 foiz), Buxoro (105,8 foiz), Navoiy (105,6 foiz) viloyatlarida kuzatildi. Andijon (100,8 foiz) va Farg’ona (101,5 foiz) viloyatlarida esa aksincha past sur'atlar kuzatildi.

 

Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmida Toshkent viloyatining ulushi 15,7 foizni tashkil etdi, Samarqand va Andijon viloyatlari mos ravishda 14,0 foiz va 9,5 foiz ko'rsatkich bilan keyingi o'rinlarni egalladi. Eng kam ulush Qoraqalpog’iston Respublikasi (3,2 foiz), Sirdaryo (3,7 foiz) va Navoiy (4,7 foiz) viloyatlarida qayd etildi.

 

 

Qishloq xo'jaligi mahsulotlari
 

 

2017 yilning yanvar-sentyabr oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari hajmining 2016 yilning mos davriga nisbatan o'sishi 103,5 foizni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari – 102,0 foizni, chorvachilik mahsulotlari – 105,6 foizni tashkil qildi.

Xo'jaliklar toifalari bo'yicha tahlillar, qishloq xo'jaligi mahsulotlar umumiy hajmining 69,2 foizi – dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklariga, 29,2 foizi – fermer xo'jaliklariga, 1,6 foizi – qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to'g’ri kelishini ko'rsatmoqda.

 

Ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining xo'jaliklar toifalari bo'yicha taqsimlanishi

Qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotining ulushi xo'jaliklar toifalari bo'yicha taqsimlanishi hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ko'rsatkichlar barcha hududlarda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklariga to'g’ri kelishi kuzatildi.

 

 

 2017 yilning yanvar-sentyabr oylarida ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 27 869,7 mlrd. so'mni yoki 2016 yilning mos davriga nisbatan 102,0 foizni tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining umumiy xajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 61,5 fozni tashkil qildi.

Hosilni yig’ib olish. Joriy yilning yanvar – sentyabr oylarida 7 380,5 ming tonna (99,6 foiz) don ekinlari ishlab chiqarildi, 2 357,4 ming tonna (103,9 foiz) kartoshka kovlab olindi, 8 695,2 ming tonna (105,8 foiz) sabzavotlar, 1 569,9 ming tonna (106,9 foiz) oziqbop poliz, 2 146,0 ming tonna (105,3 foiz) mevalar va rezavorlar, 1 270,7 ming tonna (104,5 foiz) uzum yig’ib olindi.

2017 yilning yanvar-sentyabr oylarida chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 17 452,4 mlrd.so'mni yoki 2016 yilning mos davriga nisbatan 105,6 foizni tashkil qildi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining umumiy xajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 38,5 foizni tashkil etdi.

Barcha toifadagi xo'jaliklarda chorvachilik mahsulotlarining ko'payishi go'sht ishlab chiqarish hajmining – 6,2 foizga, sut – 6,2 foizga, tuxum – 8,5 foizga o'sishi bilan izohlanadi.

 2017 yilning yanvar-sentyabr oylarida barcha toifadagi xo'jaliklar tomonidan tirik vaznda 1 674,2 ming tonna go'sht, 7 327,9 ming tonna sut, 4 917,8 mln. dona tuxum, 30,1 ming tonna jun, 1 000,7 ming dona qorako'l teri ishlab chiqarildi.

Joriy yilning 1 oktyabr holatiga yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 12 111,5 ming boshga, shu jumladan sigirlar - 4 370,8 ming boshga, qo'y va echkilar - 20 330,9 ming boshga, parrandalar - 69 008,8 ming boshga etdi.

2016 yilning mos davri bilan solishtirilganda barcha toifadagi xo'jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni - 536,8 ming boshga (4,6 foizga), shu jumladan sigirlar - 95,8 ming boshga (2,2 foizga), qo'y va echkilar - 363,0 ming boshga (1,8 foizga), parrandalar - 5 575,9 ming boshga (8,8 foizga) ko'paydi.

 

 

Aholining umumiy daromadlari

RAQAMLAR:

Aholining umumiy daromadlari - 129,5 trln.so`m.

Aholi umumiy daromadlarining real o`sish sur`ati - 110,6 %.

Aholi jon boshiga umumiy daromadlari - 4007 ming.so`m.

Aholi jon boshiga umumiy daromadlarining real o`sish sur`ati - 108,8 %.

Aholi farovonligi va turmush darajasida asosiy omillardan biri aholining doimiy daromad manbaiga ega bo`lishi hisoblanadi.

Joriy yilning o`tgan 9 oyida aholi umumiy daromadlari 129,5 trln. so`mni tashkil etdi, o`z navbatida 2016 yilning shu davriga nisbatan 19,8 foizga oshdi.

Joriy davrda iste`mol tovarlari narxlarining 8,3 foizga o`zgarishi aholining umumiy daromadlari xarid qobiliyatiga o`z ta`sirini ko`rsatdi. Shu sababli aholining umumiy daromadlarining real o`sish sur`atlari o`tgan yilning mos davriga nisbatan 110,6 foizni tashkil etdi.

 

 2017 yilning yanvar-sentyabr holatiga O`zbekiston Respublikasi hududlari bo`yicha aholi jon boshiga umumiy daromadlari, ming so`mda

 

 2017 yilning 9 oylik yakunlariga ko`ra, umumiy daromadlar bir kishiga o`rtacha hisoblaganda 4 mln. so`mni tashkil etdi.

 Aholi jon boshiga daromadlarning nominal o`sish sur`ati 2016 yil mos davriga nisbatan 117,8 foizni tashkil etdi.

 

O`zbekiston Respublikasi hududlari bo`yicha aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o`sish sur`ati, foizda

2016 yilning mosdavriga nisbatan aholi jon boshiga umumiy daromadlarining real o`sishi 108,8 foizni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o`sish sur`ati Xorazm viloyatiga to`g`ri keladi. Shuningdek, Andijon, Surxondaryo, Namangan viloyatlarida hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida aholi jon boshiga umumiy daromad ko`rsatkichlarining real o`sish sur`atlari respublika darajasidan yuqorini tashkil etgan.

 

Aholining umumiy daromadlari tarkibi

Aholining umumiy daromadlari hajmining sezilarli darajada o`sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 70,2 foiz ulushga ega bo`lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlar) va 23,4 foizni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o`zgarishlari hisobiga yuzaga kelgan.

 

Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar

Aholining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar sezilarli ulushni tashkil etadi. Ushbu daromadlarning umumiy daromadlar tarkibidagi ulushi 70 foizdan ortiqni tashkil etadi. Joriy yilning 9 oylik yakunlariga ko`ra mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning o`sish sur`ati 2016 yilning mos davriga nisbatan 114 foizni tashkil etdi.

O`z navbatida, mehnat faoliyatidan olingan daromadlar, yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlardan shakllanadi.

2017 yilning yanvar-sentyabr oylarida hududlari bo`yicha yollanma ishchilar daromadlarining o`sish sur`ati
(o`tgan yilning mos davriga nisbatan foizda)

2017 yilning yanvar-sentyabr natijalariga ko`ra yollanma ishchilarning daromadlari 13,9 foizga oshdi va mehnat faoliyatidan olingan daromadlardagi ulushi 33,6 foizni tashkil etdi.

Yollanma ishchilar daromadlarining eng yuqori o`sishi Toshkent shahrida - 116,4 foiz, Andijon viloyatida - 116,1 foiz, Jizzax, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog`iston Respublikasida - 114,6 foiz qayd etildi.

Shuningdek, mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning keyingi asosiy manbai mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlar hisoblanadi. Bu sohaga asosan aholining iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati kiradi.

2017 yil 9 oyi mobaynida mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlar 47,5 trln. so`mni tashkil etdi. Aholi umumiy daromadlari hajmida ushbu daromad manbai katta ahamiyatga ega bo`lib, uning ulushi 36,6 foizni tashkil etadi.

Mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlar egallagan ulushiga ko`ra aholi jami daromadlariga sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlarning 1 foizga o`sishi umumiy daromadlar hajmining 0,38 foizga o`sishiga olib keladi.

Joriy yilning 9 oyi mobaynida mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlarning o`sish sur`ati 2016 yilning mos davriga nisbatan 114,1 foizni tashkil etdi.

Hududlar bo`yicha umumiy daromadlar tarkibida mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlarning ulushi, foizda

 

Hududlarda mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlarning ulushi turlicha va 23 foizdan (Toshkent shahrida) 48 foizgacha (Toshkent viloyatida) o`zgarib turadi. Mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlarning uchdan bir qismi (34,3 foizi) Toshkent shahri (10,6 foiz) hamda Toshkent (13,7 foiz) va Samarqand (10,0 foiz) viloyatlari hissasiga to`g`ri keladi.

Hududlar kesimida mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlarning o`sish sur`atlari 107,2 foizdan (Toshkent shahrida) 120,5 foizgacha (Surxondaryo viloyatida) o`zgarib turadi.

Shuningdek, aholining daromad manbalaridan biri bu mol-mulkdan olingan daromadlar hisoblanadi. 2017 yil 9 oylik yakunlariga ko`ra, aholining mol-mulkdan olgan daromadlari 5,2 trln.so`mni tashkil qilgan. 2016 yilga nisbatan o`sish sur`ati 121,2 foizni tashkil etdi. Aholining umumiy daromadlari tarkibida mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 4 foizni tashkil etdi.

Mol-mulkdan olingan daromadlar, o`z navbatida, foizlar, dividendlar, mualliflik haqi va boshqa mulkiy daromadlardan iborat.

Mol-mulkdan olingan daromadlar tarkibi, foizda

Mol-mulkdan olingan daromadlar tarkibida boshqa mulkiy daromadlar asosiy ulushga ega bo`lib, 53,2 foizni tashkil qiladi. Keyingi o`rinlarda dividendlar - 31,6 foizni, obligatsiyalar, depozitlar va boshqa qimmatli qog`ozlar bo`yicha foizlar - 15,1 foizni, mualliflik haqi - 0,1 foizni tashkil qiladi.

Aholi umumiy daromadlari hajmining o`zgarishiga mol-mulkdan olingan daromadlarning ta`siri juda kam. Agar kuzatilayotgan davrda aholi umumiy daromadlari hajmining o`sish sur`ati 19,8 foizni tashkil etgan bo`lsa, shundan 0,8 foizi molmulkdan olingan daromadlar hissasiga to`g`ri keladi.

Respublika hududlarida aholi tomonidan mol-mulkdan daromad olish amaliyoti etarlicha rivojlanmagan. 2017 yilning 9 oyi mobaynida mol-mulkdan olingan daromadlar hajmining uchdan ikki qismi Toshkent shahriga hissasiga to`g`ri kelib, 64,3 foizni tashkil etadi. Keyingi yuqori ulushga ega bo`lganlari Toshkent (8,1 foiz), Samarqand (4,3 foiz) va Farg`ona (4,2 foiz) viloyatlari hisoblanadi.

 

Aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan daromadlar ham muhim ahamiyatga ega. 2017 yilning 9 oyi yakunlariga ko`ra o`tgan yilning mos davriga nisbatan transfertlardan daromadlarning o`sish sur`ati 141,4 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, ushbu davrda aholining umumiy daromadlari hajmida transfertlarning ulushi 3,6 foiz punktga oshdi va 23,4 foizni tashkil etdi. Joriy davrda ijtimoiy transfertlarning o`sish sur`ati 115,8 foizni tashkil etdi.
 

 Ijtimoiy transfertlarning o`sishiga uning tarkibida asosiy ulushga, 84 foizga ega bo`lgan pensiyalar ta`sir ko`rsatdi. 2016 yil 9 oyi ma`lumotlari bilan taqqoslaganda pensiyalarning o`sish sur`ati 116,5 foizni tashkil etdi.

O`tgan davr mobaynida pensiya, nafaqa va stipendiyalarning o`zgarishi aholi umumiy daromadlarining 1,9 foizga o`sish imkonini berdi.

 

  Davlat statistika qo`mitasi Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi
Mas`ul: J.Xakimov
(71)230-81-66

Demografik holat

E’tibor bering:

  • Aholi soni yil boshidan buyon 391,4 ming kishiga ko’paydi
  • Tug’ilganlar soni 523,6 ming nafarni tashkil etdi
  • 116,9 mingta o’lim qayd etildi
  • FHDYO bo’limlarida 192,7 mingta nikoh va 23,6 mingta ajralishlar ro’yxatga olindi

O’zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2017 yil 1 oktabr holatiga 32511,9 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 391,4 ming kishiga yoki 1,2 foizga o’sgan. Jumladan, shahar aholisi soni 16451,9 ming kishini (jami aholi soniga nisbatan 50,6 %), qishloq aholisi soni 16060,0 ming kishini (jami aholi soniga nisbatan 49,4 %) tashkil etdi.

Tug’ilish. 2017 yilning yanvar-sentabr davrida 523,6 mingta bola tug’ilganligi qayd etilgan bo’lib, mos ravishda tug’ilish koeffitsiyenti 21,7 promilleni tashkil qildi va 2016 yilning mos davriga nisbatan 0,7 promillega kamaydi (2016 yilda 22,4 promille bo’lgan).

 

 O’lim. 2017 yilning yanvar-sentabr oylarida 116,9 mingta o’lim qayd etilgan bo’lib, mos ravishda o’lim koeffitsiyenti 4,8 promilleni tashkil etdi. 

 

O’zbekiston Respublikasi hududlari bo’yicha aholining tabiiy harakati koeffitsiyentlari 2017 yil yanvar-sentabr uchun
(1000 aholiga; promille)

 

 

 Demografik holat Ro’yxatga olingan 1 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi soni 6,1 mingtani va bolalar o’limi koeffitsiyenti 11,2 promilleni tashkil etdi. 

Ro’yxatga olingan 1 yoshgacha o’lgan jami bolalarning 57,4 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 21,6 foizi - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 11,4 foizi - tug’ma anomaliyalardan, 3,1 foizi - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 1,6 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 0,4 foizi - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,5 foizi - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

 

Nikoh va ajrimlar. 2017 yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan 192,7 mingta nikoh va 23,6 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan. Respublika bo’yicha nikoh tuzish koeffitsiyenti 8,0 promilleni, nikohdan ajralish koeffitsiyenti esa 1,0 promilleni tashkil etdi.
 O’zbekiston Respublikasi hududlari bo’yicha ro’yxatga olingan nikoh va nikohdan ajralishlar soni 2017 yil yanvar-sentabr uchun
(mingta) 

 

 

Migratsiya. 2017 yilning yanvar-sentabr davrida respublika bo’yicha ko’chib kelganlar soni 120,8 ming kishini, ko’chib ketganlar soni esa 136,1 ming kishini tashkil etdi. Migratsiya saldosi minus 15,3 ming kishini tashkil etdi (2016 yilda minus 20,7 ming kishi bo’lgan).

 

 

 Migratsiya saldosining yuqori darajasi Toshkent (minus 4,8 ming kishi), Samarqand (minus 3,9 ming kishi), Qashqadaryo (minus 3,4 ming kishi) viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasida (minus 3,4 ming kishi) qayd etildi.

 

  Davlat statistika qo’mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi
Nashr uchun mas’ul: B.Shodiyev
(71) 230-80-65

Tugmani bosing Tinglash