08/05/2024

2024- yilning may-iyun oylarida viloyatimiz eksporti va importida turizm hajmini to‘liq hisobga olinishini ta'minlash, turizm statistikasi ko‘rsatkichlarini va turizm yordamshi hisobini yuritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida navbatdagi statistik tanlanma kuzatuvlari o‘tkaziladi.


Joriy yilning 7-may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi boshlig‘i Sh. Davletov va mazkur kuzatuvga biriktirilgan interviyuyerlar ishtirokida Urganch xalqaro aeroportida kuzatuv tashkil etildi. Kuzatuv davomida respublikamizga tashrif buyuruvchi sayyohlar va mamlakatimizdan xorijga jo‘nab ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlaridan so‘rovnoma asosida olingan ma’lumotlar bo‘yicha turistlar oqimi, turistlarning safar maqsadi va davomiyligi, safar sarf-harajatlari tarkibi kabi axborotlar shakllantirildi.



Axborot xizmati