08/05/2024

Yangibozor tumanida joriy yilning yanvar-mart oylarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish hajmi 2023 yilning 1 choragiga nisbatan 7,1 %ga oshdi va  217,2 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Bu ko‘rsatkich viloyat bo‘yicha eng yuqori o‘sish darajasi sifatida qayd etildi.

Tumanda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 5,1 %i (11,1 mlrd so‘mi) dehqonchilik, 94,9 %i (206,1 mlrd so‘mi) chorvachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Jami mahsulotning 84,8 %i dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida yetishtirilgan.

 Axborot xizmati