08/05/2024

2024- yilning 8- may kuni Urganch shahridagi 1 va 3- son umumta’lim maktablarida aholini ro‘yxatga olish tadbiri targ‘ibotiga bagishlangan seminar tashkil etildi.


Viloyat statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi  mutaxassislari S.Qurbonova hamda I. Polvonovalar ta’lim muassasalari o‘quvchilariga ushbu tadbirni o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida zarur tushunchalarni berdilar.


Tadbir yakunida o‘quvchilarning mavzuga oid savollariga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati