Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 

13.11.2018

“Elektron hukumat”ni shakllantirishda O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining roli va o`rni.

“Elektron hukumat” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo`llash hisobiga tashkilotlar va fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari hamda davlat organlarining faoliyati natijalari to`g`risida axborot olish tezkorligi va qulayligining sifat jihatdan yangi darajasini ta`minlovchi davlat loyihasi. 

“Elektron hukumat” tizimi doirasida o`zaro munosabatning asosiy shakllari quyidagilar hisoblanadi:

  • davlat organlarining aholi bilan o`zaro axborot munosabati;
  • davlat organlarining tadbirkorlik sub`ektlari bilan o`zaro axborot munosabati;
  • davlat organlarining o`zaro axborot munosabati.

“Elektron hukumat” tizimini shakllantirish samaradorligining muhim ko`rsatkichlaridan biri bo`lib, interaktiv davlat xizmatlarini ko`rsatish va ulardan foydalanish huquqini ta`minlash tartibiga muvofiq elektron ko`rinishdagi ustuvor davlat xizmatlarini joriy etish hisoblanadi.

“Elektron hukumat” tizimi orqali amalga oshiriladigan interaktiv davlat xizmatlari, yuqorida sanab o`tilgan yo`nalishlarga muvofiq guruhlangan bo`lishi lozim.

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi – statistika sohasida yaxlit statistik axborot tizimini yaratish va faoliyat yuritishiga yo`naltirilgan yagona siyosatni amalga oshiruvchi davlat hokimiyatining ijro etuvchi organidir.

Davlat statistika organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning asosiy maqsadi – statistik ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishdir. Bunga, respublikada sodir bo`layotgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari haqidagi statistika axborotlarini yig`ish, qayta ishlash, to`plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va chop etish kiradi.

Hozirgi vaqtda, tuman va shahar statistika bo`limlarini o`z ichiga olgan Davlat statistika qo`mitasining korporativ axborot tarmog`i faoliyat yuritmoqda. Davlat statistika organlarining barcha axborot resurslari, axborot tizimlari, dasturiy-apparat ta`minoti va telekommunikatsiya vositalarini o`zida mujassamlashtirgan Davlat statistika qo`mitasining Yagona axborot tizimi shakllantirilgan.

Davlat statistika qo`mitasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, davlat statistika organlari tomonidan 14 ta xizmatlar taqdim etilmoqda, ulardan 10 tasi interaktiv ko`rinishda http://www.stat.uz rasmiy sayti orqali amalga oshirilmoqda. Aholi va biznes uchun davlat xizmatlarini taqdim etishni maqbullashtirish hamda ularning ochiqligi va sifatliligini oshirish bo`yicha muntazam ravishda ishlar olib borilmoqda.

“Elektron hukumat” tizimida, asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlar bo`yicha statistik ma`lumotlarning samarali qayta ishlanishi va saqlanishini ta`minlash, shuningdek hududiy joylashishidan qat`iy nazar, barcha darajadagi boshqaruv organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga axborotlarni o`z vaqtida va to`liq taqdim etish mexanizmlarini yaratish ko`zda tutilmoqda. Shu munosabat bilan, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish uchun, davlat statistika organlarida AKTdan keng foydalanish asosida statistika faoliyatining samaradorligini oshirish, axborot-tahlil jarayonlari tizimini takomillashtirish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Davlat statistika organlari, fuqarolar va tashkilotlarning axborot jamiyati sharoitlarida faoliyat yuritishlariga imkon beruvchi me`yoriy-huquqiy va uslubiy asoslar shakllantirilmoqda.

Interaktiv xizmatlarning rivojlanishi, ulardan foydalanishning soddaligi va saytning har qanday tashrif buyuruvchisiga qulayligi, davlat statistika organlarining ochiqligini, aholi va tadbirkorlik sub`ektlari bilan o`zaro munosabatlari jarayonlari esa uni yanada shaffofligini ta`minlaydi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31iyuldagi PQ 3165 sonli “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” qaroriga asosan, 2018 y. 13 avgustidan «eStat 3.0» elektron shakldagi statistik hisobotlarni yig`ishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushdi.

Unda quyidagi yangiliklar mavjud:

  • yangilangan ko`rinish;
  • dasturni va oldin urnatilgan shakllarni avtomat tarzda yangilanishi;
  • dasturni ishga tushurganda jo`natilgan hisobotlarning holatini avtomatik tarzda tekshirish;
  • dastur interfeysiga hisobotlarni qayta tiklash imkoniyati qo`shildi;
  • hisobotni to`ldirish jarayonidagi kelib chiquvchi xatoliklar oynasi yangilandi;
  • dasturga kirish uchun foydalanuvchi parolini o`rnatish imkoniyati qo`shildi;
  • hisobotni demo rejimda yaratish imkoniyati qo`shilgan (INN sertifikatini so`ramagan holda)
  • o`zbek tili qo`shildi

Me’yoriy-huquqiy asos — Mamlakatimizda elektron hukumat tizimi O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida» va «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshirib kelinmoqda.

Amalga oshirilgan yirik loyihalar:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)

Ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz)

Me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portali (regulation.gov.uz)

“Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi (license.gov.uz)

“Yagona darcha” markazlari faoliyatini avtomatlashtirish bo‘yicha axborot tizim (birdarcha.uz)

Tugmani bosing Tinglash