Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K shakli (oylik) har oy, hisobot davridan keyingi oyning 2-sanasidan kechiktirmay elektron shaklda taqdim etishni unutmang!!!

 

  Xorazm Viloyati Statistika Boshqarmasi statistika sohasida rivojlanishning  milliy va  mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda, ilmiy    metodologiyaga, xalqaro standartlar  va qoidalarga asoslangan yaxlit ilg'or  statistika axboroti tizimini yaratishga va uning  faoliyat ko'rsatishiga  yo'naltirilgan yagona siyosatni amalga oshiruvchi, davlat hokimiyati  va   boshqaruv organlari, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, fuqarolar va tashkilotlarning rasmiy  statistika axborotlariga bo'lgan ehtiyojini qondiruvchi davlat boshqaruvi organi  hisoblanadi.

  Xorazm  viloyati statistika boshqarmasi statistika ishlarini tashkil etishni quyidagi    printsiplar asosida amalga oshiradi: 

  •  Ishonchlilik, xolislik, beg'arazlik;
  •  Dolzarblik, qiyosiylik va barqarorlik;
  •  Qulaylik, ochiq-oydinlik va oshkoralik;
  •  Statistika hisobotini yig'ish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga har qanday    aralashishni istisno etuvchi statistika ishlarini tashkil etish tizimini yaratish.

   Quyidagilar Xorazm viloyati statistika boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • Statistika sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil etishning zamonaviy xalqaro statistika standartlariga javob beradigan samarali tizimini ta'minlash;
  • Ilmiy asoslangan, bozor iqtisodiyoti asosiy printsiplariga javob beradigan yagona statistika metodologiyasini hamda milliy hisoblar tuzishni ta'minlovchi va xalqaro statistika standartlariga muvofiq bo'lgan ko'rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
  • Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida ro'y berayotgan jarayonlarni har tomonlama tavsiflovchi statistika va hisobot ko'rsatkichlarining tezkorligini,haqqoniyligini ta'minlash;
  • Davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, yuridik shaxslar, davlat muassasalari, xalqaro tashkilotlar va jamoatchilikni belgilangan tartibda statistika ma'lumotlari bilan ta'minlash.

 

Ish tartibi:

dushanba-juma: soat 9:00 dan 18:00 gacha

tushlik: 13-00 dan 14-00 gacha

Tugmani bosing Tinglash