Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 

Xorazm viloyat statistika boshqarmasi

Xorazm viloyat statistika boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, Xorazm viloyat statistika boshqarmasida Boshqarma boshlig‘i (kengash raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek, Boshqarma faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi boshqarma tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda kengash tashkil etildi.

            Kengash 5 kishilik tarkibda tashkil qilindi. Kengashning shaxsiy tarkibi Davlat statistika qo‘mitasi raisi bilan kelishilgan holda Boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.

Kengash quyidagilarni amalga oshiradi:

Statistika faoliyati samaradorligini yanada oshirish, Xorazm viloyati statistika organlarining funksiyalari va vazifalarini takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqqan holda, Xorazm viloyati statistika organlari faoliyatining qonun hujjatlarida belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tanqidiy ko‘rib chiqish;

davlat statistika sohasidagi siyosatni amalga oshirishda Boshqarma faoliyatida boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish va muvoffmqlashtirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;

davlat statistika ishlari bajarilishining borishi natijadorligini har chorakda tanqidiy ko‘rib chiqish;

jismoniy va yuridik shaxslarning marojaatlarini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalaridan tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish asosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining topshiriqlari bajarilishi yuzasidan samarali nazoratni ta’minlovchi ijro intizomi darajasini oshirish Xorazm viloyatida davlat statistikasi sohasidagi eng muhim muammolarni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;

boshqarma tarkibiy bo‘linmalari va tuman (shahar) statistika bo‘limlari rahbarlarining hisobotlarini eshitishni tizimli asosda tashkil qilish, ularga yuklangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirishni ta’minlash.

kengash Boshqarma vakolatiga taalluqli boshqa masalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.

kengash uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolotli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy qo‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

kengash qarorlari bayonlar bilan rasmiylashtiriladi va Boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i bilan amalag oshiriladi.

kengash faoliyatining tartibi uning kengash tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.

kengash yig‘ilishlari, qoida tariqasida, har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Kengashi

TARKIBI

Familiyasi va ismi

 

Lavozimi

1

A.O‘tamuratov

-

Boshqarma boshlig‘i

2

(Lavozim bo‘yicha)

-

Boshqarma boshlig‘ining birinchi o`rinbosari

3

A.Raximov

-

Boshqarma boshlihining o‘rinbosari

4

N.To‘raeva

-

Kadrlar bo‘limi boshlig‘i

5

M.Sultanmuratov

-

Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot tahliliy ishlar bo‘limi boshlig‘i

 

 

   

Xorazm viloyat statistika boshqarmasi  Kengashining ish Reglamenti    

Tugmani bosing Tinglash