Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

1-K (oylik) hisobotini har oyning 5- sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang !!!

 

 

Aholining umumiy daromadlari

RAQAMLAR:

Aholining umumiy daromadlari - 129,5 trln.so`m.

Aholi umumiy daromadlarining real o`sish sur`ati - 110,6 %.

Aholi jon boshiga umumiy daromadlari - 4007 ming.so`m.

Aholi jon boshiga umumiy daromadlarining real o`sish sur`ati - 108,8 %.

Aholi farovonligi va turmush darajasida asosiy omillardan biri aholining doimiy daromad manbaiga ega bo`lishi hisoblanadi.

Joriy yilning o`tgan 9 oyida aholi umumiy daromadlari 129,5 trln. so`mni tashkil etdi, o`z navbatida 2016 yilning shu davriga nisbatan 19,8 foizga oshdi.

Joriy davrda iste`mol tovarlari narxlarining 8,3 foizga o`zgarishi aholining umumiy daromadlari xarid qobiliyatiga o`z ta`sirini ko`rsatdi. Shu sababli aholining umumiy daromadlarining real o`sish sur`atlari o`tgan yilning mos davriga nisbatan 110,6 foizni tashkil etdi.

 

 2017 yilning yanvar-sentyabr holatiga O`zbekiston Respublikasi hududlari bo`yicha aholi jon boshiga umumiy daromadlari, ming so`mda

 

 2017 yilning 9 oylik yakunlariga ko`ra, umumiy daromadlar bir kishiga o`rtacha hisoblaganda 4 mln. so`mni tashkil etdi.

 Aholi jon boshiga daromadlarning nominal o`sish sur`ati 2016 yil mos davriga nisbatan 117,8 foizni tashkil etdi.

 

O`zbekiston Respublikasi hududlari bo`yicha aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o`sish sur`ati, foizda

2016 yilning mosdavriga nisbatan aholi jon boshiga umumiy daromadlarining real o`sishi 108,8 foizni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o`sish sur`ati Xorazm viloyatiga to`g`ri keladi. Shuningdek, Andijon, Surxondaryo, Namangan viloyatlarida hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida aholi jon boshiga umumiy daromad ko`rsatkichlarining real o`sish sur`atlari respublika darajasidan yuqorini tashkil etgan.

 

Aholining umumiy daromadlari tarkibi

Aholining umumiy daromadlari hajmining sezilarli darajada o`sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 70,2 foiz ulushga ega bo`lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlar) va 23,4 foizni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o`zgarishlari hisobiga yuzaga kelgan.

 

Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar

Aholining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar sezilarli ulushni tashkil etadi. Ushbu daromadlarning umumiy daromadlar tarkibidagi ulushi 70 foizdan ortiqni tashkil etadi. Joriy yilning 9 oylik yakunlariga ko`ra mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning o`sish sur`ati 2016 yilning mos davriga nisbatan 114 foizni tashkil etdi.

O`z navbatida, mehnat faoliyatidan olingan daromadlar, yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlardan shakllanadi.

2017 yilning yanvar-sentyabr oylarida hududlari bo`yicha yollanma ishchilar daromadlarining o`sish sur`ati
(o`tgan yilning mos davriga nisbatan foizda)

2017 yilning yanvar-sentyabr natijalariga ko`ra yollanma ishchilarning daromadlari 13,9 foizga oshdi va mehnat faoliyatidan olingan daromadlardagi ulushi 33,6 foizni tashkil etdi.

Yollanma ishchilar daromadlarining eng yuqori o`sishi Toshkent shahrida - 116,4 foiz, Andijon viloyatida - 116,1 foiz, Jizzax, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog`iston Respublikasida - 114,6 foiz qayd etildi.

Shuningdek, mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning keyingi asosiy manbai mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlar hisoblanadi. Bu sohaga asosan aholining iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati kiradi.

2017 yil 9 oyi mobaynida mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlar 47,5 trln. so`mni tashkil etdi. Aholi umumiy daromadlari hajmida ushbu daromad manbai katta ahamiyatga ega bo`lib, uning ulushi 36,6 foizni tashkil etadi.

Mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlar egallagan ulushiga ko`ra aholi jami daromadlariga sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlarning 1 foizga o`sishi umumiy daromadlar hajmining 0,38 foizga o`sishiga olib keladi.

Joriy yilning 9 oyi mobaynida mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlarning o`sish sur`ati 2016 yilning mos davriga nisbatan 114,1 foizni tashkil etdi.

Hududlar bo`yicha umumiy daromadlar tarkibida mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlarning ulushi, foizda

 

Hududlarda mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlarning ulushi turlicha va 23 foizdan (Toshkent shahrida) 48 foizgacha (Toshkent viloyatida) o`zgarib turadi. Mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlarning uchdan bir qismi (34,3 foizi) Toshkent shahri (10,6 foiz) hamda Toshkent (13,7 foiz) va Samarqand (10,0 foiz) viloyatlari hissasiga to`g`ri keladi.

Hududlar kesimida mustaqil ravishda band bo`lishdan olingan daromadlarning o`sish sur`atlari 107,2 foizdan (Toshkent shahrida) 120,5 foizgacha (Surxondaryo viloyatida) o`zgarib turadi.

Shuningdek, aholining daromad manbalaridan biri bu mol-mulkdan olingan daromadlar hisoblanadi. 2017 yil 9 oylik yakunlariga ko`ra, aholining mol-mulkdan olgan daromadlari 5,2 trln.so`mni tashkil qilgan. 2016 yilga nisbatan o`sish sur`ati 121,2 foizni tashkil etdi. Aholining umumiy daromadlari tarkibida mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 4 foizni tashkil etdi.

Mol-mulkdan olingan daromadlar, o`z navbatida, foizlar, dividendlar, mualliflik haqi va boshqa mulkiy daromadlardan iborat.

Mol-mulkdan olingan daromadlar tarkibi, foizda

Mol-mulkdan olingan daromadlar tarkibida boshqa mulkiy daromadlar asosiy ulushga ega bo`lib, 53,2 foizni tashkil qiladi. Keyingi o`rinlarda dividendlar - 31,6 foizni, obligatsiyalar, depozitlar va boshqa qimmatli qog`ozlar bo`yicha foizlar - 15,1 foizni, mualliflik haqi - 0,1 foizni tashkil qiladi.

Aholi umumiy daromadlari hajmining o`zgarishiga mol-mulkdan olingan daromadlarning ta`siri juda kam. Agar kuzatilayotgan davrda aholi umumiy daromadlari hajmining o`sish sur`ati 19,8 foizni tashkil etgan bo`lsa, shundan 0,8 foizi molmulkdan olingan daromadlar hissasiga to`g`ri keladi.

Respublika hududlarida aholi tomonidan mol-mulkdan daromad olish amaliyoti etarlicha rivojlanmagan. 2017 yilning 9 oyi mobaynida mol-mulkdan olingan daromadlar hajmining uchdan ikki qismi Toshkent shahriga hissasiga to`g`ri kelib, 64,3 foizni tashkil etadi. Keyingi yuqori ulushga ega bo`lganlari Toshkent (8,1 foiz), Samarqand (4,3 foiz) va Farg`ona (4,2 foiz) viloyatlari hisoblanadi.

 

Aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan daromadlar ham muhim ahamiyatga ega. 2017 yilning 9 oyi yakunlariga ko`ra o`tgan yilning mos davriga nisbatan transfertlardan daromadlarning o`sish sur`ati 141,4 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, ushbu davrda aholining umumiy daromadlari hajmida transfertlarning ulushi 3,6 foiz punktga oshdi va 23,4 foizni tashkil etdi. Joriy davrda ijtimoiy transfertlarning o`sish sur`ati 115,8 foizni tashkil etdi.
 

 Ijtimoiy transfertlarning o`sishiga uning tarkibida asosiy ulushga, 84 foizga ega bo`lgan pensiyalar ta`sir ko`rsatdi. 2016 yil 9 oyi ma`lumotlari bilan taqqoslaganda pensiyalarning o`sish sur`ati 116,5 foizni tashkil etdi.

O`tgan davr mobaynida pensiya, nafaqa va stipendiyalarning o`zgarishi aholi umumiy daromadlarining 1,9 foizga o`sish imkonini berdi.

 

  Davlat statistika qo`mitasi Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi
Mas`ul: J.Xakimov
(71)230-81-66

Tugmani bosing Tinglash